McDonald‘s Qozog‘istonni tark etmoqchi
Olam
−
05 yanvar 2023
5425McDonald‘s Qozog‘istondan butunlay chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga McDonald‘s kompaniyasining ta’minot zanjiridagi uzilish hamda Qozog‘istondagi restoranlar Rossiyadan go‘sht sotib ololmayotgani sabab bo‘lgan.
“Qozog‘iston biznesi Moskvaga qarshi sanksiyalarga uchramagan bo‘lsada, Rossiyani tark etgan McDonald‘s kompaniyasi o‘zining qozog‘istonlik franshizaciga rossiyalik yetkazib beruvchilardan go‘shtli qiyma sotib olishni taqiqladi”, deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda yopilayotgan McDonald‘s o‘rnini “Vkusno-i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i egallashi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, McDonald‘s Qozog‘istonning Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘anda shaharlarida 24 ta restoranga ega. Mamlakatning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshi Qayrat Bo‘ranbayev 2016 yilda Qozog‘istonga tez ovqatlanish tarmog‘ini olib kirgan. Shuningdek, Bo‘ranbayev Belarusdagi McDonald‘s franshizasiga egalik qilar edi. Biroq franshiza o‘tgan yili ta’minot masalalari bo‘yicha litsenziyasini yo‘qotdi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi