Mbappening ukasi ham “Real”ga o‘tadi
Sport
−
27 fevral
5366Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe va uning oilasi “Real”dan 17 yoshli Etan Mbappe bilan shartnoma imzolashni so‘radi va Madrid klubi rahbariyati kichik Mbappe transferiga rozi bo‘ldi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.
“Mbappe Madridga yolg‘iz kelmaydi. Dastlabki shartnoma ikki hafta oldin imzolangan edi, biroq oxirgi kunlarda futbolchining oilasi “Real”ga taklif bilan chiqdi. Etan Mbappening ham “qirollik klubi”ga o‘tishi Kilianning transferini shubha ostiga qo‘ymaydi”, deydi jurnalist Eduardo Inda.
Etan Mbappe joriy mavsum Liga 1 da bir daqiqa o‘ynadi. U 17-turdan o‘rin olgan “Mets” bilan (3:1) uchrashuvining 90-daqiqasida maydonga tushdi. Shuningdek, u UEFA Yoshlar ligasida 6 o‘yin o‘tkazdi va PSJning kubok o‘yinlarida ikki marta zaxiradan maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridda Mbappe surati tushirilgan sharflar sotilayotgani xabar qilingandi.