Mbappening “Siti”ga qarshi o‘ynash yoki o‘ynamasligi aniq bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tusha oladi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kilian Mbappe safga qaytgan. U o‘zini o‘yinga tayyor his qilmoqda va Manchesterda jamoa bilan birga bo‘ladi.

Shuningdek, fransuz futbolchisining asosiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. 

Mbappe tizzasidagi muammolar tufayli “Real Madrid”ning so‘nggi beshta o‘yinini, jumladan, “Manchester Siti”ga qarshi birinchi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan edi. Ushbu o‘yinda Madrid klubi Federiko Valverdening xet-triki evaziga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Javob o‘yini esa ertaga, 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi Manchesterda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Manchester Siti” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing