Mbappening otasi o‘g‘li Kamerun terma jamoasida o‘ynashi uchun undan pora so‘rashganini aytdi
Sport
−
21 dekabr 2022
7927Kilian Mbappening otasi Vilfrid Mbappe Jahon chempionatlarida o‘g‘lining Kamerun terma jamoasida o‘ynashini xohlagan. Ammo bunga noqonuniy kuchlar to‘sqinlik qilgan. Bu haqda Vilfrid “NewsDigest” nashriga bergan intervyusi orqali xabar berdi.
“Dastavval, men o‘g‘limni asl vatanim terma jamoasi bo‘lgan Kamerun tarkibida o‘ynashini istagan edim. Kamerun Futbol federatsiyasiga murojaat qilganimda esa ulardan bir kishi o‘g‘lim u yerda o‘ynashi uchun mendan pul talab qildi. Vaholanki, ular aytgan miqdordagi pul menda yo‘q edi. Fransiya terma jamoasi esa bir tiyin ham so‘ramadi”, deydi Kilianning otasi.
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe ham otasining fikrini tasdiqlab, bu hodisa Vilfridning Fransiyaga ko‘chib ketishiga sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.
“Men kamerunlik emasman, fransuzman. 2018 yil, faoliyatim boshida, men e’tibordan chetdagi odam bo‘lganimda otam meni Kamerun terma jamoasi tarkibiga olishlarini so‘ragan. Ammo biz bu uchun ko‘p miqdorda pul to‘lashimiz kerak bo‘lgan. Otam bundan juda xafa bo‘lib Fransiyaga ketgan.
Kamerun endilikda meni o‘z tarkibiga chorlamoqda. Ammo men fransuzman va fransuz bo‘lib qolaman. Fransiya menga o‘zimni ko‘rsatishim uchun imkoniyat berdi”, deydi 24 yoshli Mbappe.
Ma’lumot o‘rnida, Mbappening otasi asli Kamerundan, onasi esa jazoirlik. Kilian esa Parijda tug‘ilgan.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi