Mbappening oilasi kelasi haftada Madridga yo‘l oladi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening oilasi kelasi haftada “Real Madrid” rahbariyati bilan muzokaralar olib borish uchun Ispaniya poytaxtiga boradi. Bu haqda “Marca” nashri “ xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv fransiyalik futbolchi kelasi yozda “Real Madrid” klubiga o‘tgan taqdirda uning imiji qanday bo‘lishi masalasini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.

Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe joriy mavsumda PSJ safida Liga 1 da 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumida sakkizta o‘yin o‘tkazdi, oltita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing