Mbappeni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

Sport

image

Fransiyada 18 yoshli Klement boshchiligidagi jinoiy guruh bir qator biznes rahbarlari, reperlar, shuningdek, Fransiya milliy terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappeni o‘g‘irlashni rejalashtirgan. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh tomonidan jami 26 nafar shaxsga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 21 avgust kuni Klement va uning sherigi aprel oyida sodir etilgan soatsozlik do‘koni talonchiligi bilan bog‘liq holatda rasman ayblangan. Musodara qilingan telefonlardagi ma’lumotlarni o‘rganish natijasida Klement 11 apreldan 19 avgustgacha yana bir nechta talonchilik va odam o‘g‘irlash jinoyatlarini rejalashtirgani aniqlangan.

Klement hibsga olingan. Uning ehtimoliy sherigi esa qo‘yib yuborilgan bo‘lsa-da, sud nazorati ostida qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Kilian Mbappe 2024 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p tepib kelmoqda. U 2024-2025 yilgi mavsumda jamoasi bilan Ispaniya Superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan.

Mbappe Fransiya milliy terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2022 yil Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Fransiyalik hujumchi Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing