Mbappe yanvarda “Real” bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelasi transfer oynasida parijliklar safini tark etishi oydinlashib bormoqda.

Bir necha kun avval iqtidorli hujumchidan parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashingiz mumkinmi, deb so‘rashgandi. Mbappe klubda mavsum oxirigacha qolaman, degan javob bilan cheklangandi.

Oldinroq Kilian yozda PSJ uni “Real”ga qo‘yib yubormagani aytilgandi. Hujumchi 2021/2022 yilgi mavsum yakunida parijliklar safidan ketishi aniq, chunki forvardning shartnomasi iyun oyining so‘nggida yakuniga yetadi.

“RmadridistaReal” jurnali taxminan ikki oydan so‘ng Kilian Mbappe “Real” bilan dastlabki shartnoma imzolashi haqida ma’lumotga tarqatdi. Futbolchi va “qaymoqranglilar” o‘rtasidagi bitim 1 iyuldan kuchga kiradi.

Aytish joizki, FIFA qoidalariga ko‘ra, olti oy yoki undan kamroq muddatda shartnomasi tugaydigan futbolchiga boshqa klub bilan kelishuvni amalga oshirishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Kilian joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasi 12 uchrashuvida maydonga tushib, 6 gol va 6 golli uzatma muallifiga aylangan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing