Mbappe Ronaldu va Keyndan o‘zib ketdi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi 49-golini urib, bu borada angliyalik Harri Keyn va portugaliyalik Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.  

Hujumchi Fransiya chempionatining navbatdagi turi doirasida “Gavr”ga qarshi o‘yinning 23-daqiqasida (2:0) hisobni ochdi. Kilian o‘zining ligadagi 15-golini urdi. Hozirga kelib Mbappe Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U “Monpele” a’zosi Akor Adamsni 8 ta golga ortda qoldirmoqda.

Shunday qilib, 2023 yilgi gollar soni bo‘yicha Mbappe “Bavariya” hujumchisi Harri Keyndan (49) va “Al-Nasr” to‘purari Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Faqatgina “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland 50 ta gol bilan Mbappedan yuqorida bormoqda.

Fransiya chempionatining ortda qolgan 14 ta turidan keyin PSJ 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Parijliklardan 4 ochko kam jamg‘argan “Nitssa” esa 2-o‘rinni band etgan. 27 ochko to‘plagan “Lill” esa kuchli uchlikni yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing