Mbappe “Real”ga o‘tmagani uchun Peresdan uzr so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yana PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik hujumchi o‘tgan yozda tekinga Ispaniya klubiga o‘tishdan bosh tortgani uchun “Real” prezidenti Florentino Peresdan kechirim so‘ragan. “Real Madrid” prezidenti futbolchining uzrini qabul qilgan.

Peres “Real”da Vinisius Junior, Rodrigo va Mbappe triosini hosil qilmoqchi. Peres Mbappeni jahon futbolida kelajagi porloq bo‘lgan eng yaxshi hujumchilardan biri deb biladi. Shunday qilib, Mbappe transferi “Real Madrid” rahbariyatining xohishi yoki orzusi emas, balki ustuvor maqsadidir.

Mbappe parijliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar  shartnoma imzolagandi. U istasa shartnomani yana 1 yilga uzaytirishi mumkin. O‘z navbatida “Real” ham Kilianni o‘z safiga qo‘shib olishga ishonmoqda. “Qirollik klubi” va futbolchi o‘rtasida agentlar orqali mustahkam aloqalar o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing