Mbappe “Real”dan Vinini ketishini xohlamoqda
Sport
−
05 may 1141 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi yetakchilari —Kilian Mbappe va Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Mbappening vakillari klubdan Vinisiusni ketkazmoqchi. Bu haqda jurnalist Fransua Gallardo xabar berdi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, Mbappe jamoaning ayrim futbolchilari, jumladan Vinisius tomonidan “xiyonat qilingandek” his qilmoqda. Shuningdek, uning onasi Fayza Lamari yozda klub prezidenti Florentino Peresga ultimatum qo‘yishi mumkinligi aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Mbappe atrofidagilar masalani keskin qo‘yishi ehtimoli bor: yoki “Real Madrid” Vinisius bilan xayrlashadi, yoki fransiyalik hujumchi jamoani tark etadi.
Biroq hozircha na klub, na futbolchilarning vakillari ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar Mbappening “Barcyelona”ga qarshi bo‘lajak o‘yin oldidan sevgilisi bilan Italiyaga qilgan safaridan norozi bo‘lmoqda.
Live
Barchasi