Mbappe PSJda qolishi mumkin. Ishga uning onasi aralashdi
Sport
−
22 fevral 2022
2903Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappening onasi Faiza Lamarini o‘g‘liga Parij klubida qolishni maslahat berdi. U Kilianga klub va fransuz futboliga minnatdorlik belgisi sifatida parijliklar bilan shartnomani uzaytirishni tavsiya qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.
Lamari PSJ sport direktori Leonardo va klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan yaxshi munosabatda. Biroq Mbappening ustuvor maqsadi “Real” bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq, “Real Madrid” rasmiylar agar, Kilian Mbappe bu yil shartnoma imzolashdan bosh tortadigan bo‘lsa, uning transferi uchun ajratilgan pul boshqa maqsadlarga sarflanishidan ogohlantirgan edi.
Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi PSJ bilan Liga 1 doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi