Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. “Real”ning “oshig‘i olchi”

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar bilan tuzilgan shartnomasini uzaytirish niyati yo‘q ekanligini ma’lum qildi.

“Marca” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi klub rahbariyatiga yangi shartnoma imzolash niyatida emasligi to‘g‘risida xabar bergan. Amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugashiga qaramay, ushbu transfer oynasida Kilianni sotish parijliklarning rejalarida mavjud emasligi ta’kidlangan. Klub shartnoma tugashini kutishga tayyor.

Shu bilan birga, Mbappe uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Real” PSJ klubining yoz oxirida futbolchini sotishga rozi bo‘lishiga ishonmoqda. Kilianning o‘zi bu borada aniq qarorga kelmagan. 

Mbappe PSJ tarkibida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda va bungacha Monako sharafini himoya qilgan. Hujumchi Fransiya chempionatining so‘nggi mavsumida 31 uchrashuvda qatnashib, 27 gol urdi va yetti golga hammualliflik qildi. Fransiya terma jamoasi bilan Yevro-2020 musobaqasining nimchorak finalida Shveysariga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing