Mbappe Messining Chempionlar ligasidagi rekordini yangiladi

Sport

−

image

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar ligasi o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, fransuz futbolchisi musobaqada 100 ta uchrashuvda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan.

Mbappe ushbu marraga Chempionlar ligasining ikkinchi bosqichida Italiyaning “Roma” jamoasiga qarshi o‘yinda erishdi. Bu paytda hujumchi 27 yosh 298 kunlik edi.

Shu tariqa u turnirdagi 100-uchrashuvini 28 yosh 84 kunligida o‘tkazgan Lionel Messidan o‘zib ketdi. “Real Madrid”ning sobiq hujumchisi Raul Gonsales esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinda – u 100-o‘yinini 28 yosh 239 kunligida o‘tkazgan.

Shuningdek, Mbappe “Roma”ga qarshi bahsda gol ham urib, Chempionlar ligasidagi gollari sonini 72 taga yetkazdi. Bu orqali u Raulning 71 gollik natijasidan o‘zib ketdi va musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Chempionlar ligasi ortda qolgan ikki turidan so‘ng 6 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 8-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing