Mbappe qaysi jamoada o‘ynashi haqida qaror qabul qildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelgan va yaqin orada qarorini ommaga e’lon qiladi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano o‘zining Twittyer'dagi akkauntida xabar berdi.

“Kelajagim haqida gapira olmayman, lekin tez orada hamma narsani bilib olasiz. Barchasi deyarli hal qilindi. Hozir kelajakda qaysi jamoada o‘ynashim haqida gapiradigan vaqt emas, lekin ha, qarorni deyarli qabul qilib bo‘ldim. Fransiya terma jamoasining yig‘iniga qo‘shilishimdan oldin qarorimni rasman e’lon qilaman”, degan Mbappe.

Fransiya terma jamoasining navbatdagi yig‘ini joriy yilning 28 may kuni boshlanadi.

Ommaviy axborot vositalari bir necha yildan buyon Kilian Mbappening taqdirini “Real Madrid” bilan bog‘laydi. Sababi 23 yoshli futbolchi “los blankos”ga nisbatan mehrini ochiq aytib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe joriy mavsumda PSJ safida Liga 1 da 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumida sakkizta o‘yin o‘tkazdi, oltita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing