Mbappe Enrikedan norozi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va klubi bosh murabbiyi Luis Enrike o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftada futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan. Mbappe ispaniyalik murabbiydan norozi bo‘lishiga ikki sabab bor. Birinchidan, fransiyalik futbolchiga murabbiyning Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi Dortmundning “Borussiya”si bilan so‘nggi o‘yinida (1:1) shiddatkorlikni pasaytirish talabi yoqmadi, biroq o‘sha o‘yinda PSJ 1/8 finalga chiqdi. 

Ikkinchi sabab Mbappe markaziy hujumchi sifatida o‘ynashni istamaydi. Futbolchi qanot hujumchisi sifatida o‘ynashni afzal ko‘rmoqda.

24 yoshli hujumchining PSJ bilan shartnomasi kelasi yozgacha tuzilgan, biroq yanvarda Madridning “Real” klubi futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda. Mbappening o‘zi ham klubni o‘zgartirish variantiga qarshi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ Luis Enrike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing