Mbappe “Benfika”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi “Benfika”ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi o‘yin oldi mashg‘ulot vaqtida tizzasida og‘riq sezgan va mashg‘ulotni muddatidan oldin tark etgan. 

Bugun, 25 fevral kuni “Real Madrid” Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob bahsida “Benfika”ni qabul qiladi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, klub Mbappega to‘liq tiklanishi uchun o‘n kunlik dam berishga qaror qilgan.

Shu bois fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi “Xetafe”ga qarshi uy o‘yini va “Cyelta”ga qarshi safar bahsini ham o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Benfika” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 1:0 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangan edi. Javob bahsi esa bugun, 25 fevral kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Real Madrid” “Benfika”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing