Mbappe 500 million yevroga “Liverpul”ga o‘tishi mumkin edi – Klopp

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi 2017 yilda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni “Monako”dan o‘z safiga qo‘shib olishga uringan. Bu haqda Yurgen Klopp ma’lum qildi.

Germaniyalik mutaxassisning aytishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar juda maxfiy tarzda olib borilgan.

“Bu, ehtimol, 500 million yevroga tushardi. Bu futbol tarixida amalga oshmay qolgan eng qimmat transfer bo‘lardi. Biz Blekpuldan Nitssaga uchdik. U yerda butun Mbappe oilasi besh o‘rinli xususiy samolyotga chiqdi. Keyin havoda aylanib, mazali tushlik qildik. Bizni hech kim ko‘rmadi. Hammasi ajoyib o‘tdi. Ammo oxir-oqibat u “Pari Sen-Jermen”ga o‘tishni tanladi”, deydi Klopp.

2017 yilning yozida Mbappe dastlab ijara asosida “Monako”dan “Pari Sen-Jermen”ga o‘tgan. Keyinchalik Parij klubi uni “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, 180 million yevro evaziga to‘liq sotib olgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda 27 yoshli Kilian Mbappe Madridning “Real” klubi sharafini himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing