Mbappe 2022 yilda top-5 chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilni Yevropada kuchli beshlik chempionatlari futbolchilari orasida eng yaxshi to‘purar sifatida yakunladi.

24 yoshli fransiyalik hujumchi klublar o‘rtasidagi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 56 ta o‘yinda 56 ta gol urdi. U Fransiya Superkubogi g‘olibi bo‘ldi va o‘z mamlakati terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finaliga chiqdi.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda Liga 1ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Joriy mavsumda hujumchi 15 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Transfermarkt" Mbappening transfer narxini 180 mln yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing