Maymun chechagi virusining nomi o‘zgartiriladi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi virusining nomini “mpox” deb o‘zgartirilishini e’lon qildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad virusning salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

“Global ekspertlar bilan bir qator muhokamadan so‘ng JSST maymunchechakning sinonimi sifatida yangi “mpox” atamasidan foydalanishni boshlaydi.

Shuningdek, boshqalarni ham bu nomdan foydalanishga chorlaydi. Shubhasiz, joriy nomning amalda qo‘llanilishi virusning har qanday salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi”, deyiladi JSST bayonotida.

Ma’lumot uchun, maymun chechagi birinchi marta odamlarda 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan. Shundan beri odamlar orasida tarqalishi asosan G‘arbiy va Markaziy Afrikaning ayrim mamlakatlarida kuzatilgan.

Joriy yilning may oyida esa isitma, mushak og‘rig‘i va teri jarohatlarini keltirib chiqaradigan kasallik holatlari butun dunyo bo‘ylab tez tarqala boshladi.

Shuningdek, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 110 ta davlatda 81 107 ta kasallanish va 55 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing