Maykl Jekson hayoti haqida film suratga olinadi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik taniqli qo‘shiqchi, prodyuser va xoreograf Maykl Jeksonning hayoti va ijodi haqida film suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “The Hollywood reporter” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Maykl” deb nomlangan biografik film “Lionsgate” studiyasi tomonidan suratga olinadi. Studiya vakillariga ko‘ra, film Jekson hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, film tomoshabinlarga “Buyuk ekvalayzer”, “Qirol Artur” va “Mashg‘ulot kuni” filmlari orqali tanish bo‘lgan Antuan Fukua rejissyorligida ishlanadi.

“Mayklning musiqasi mening dunyoqarashimning bir qismidir. Shu paytgacha uning musiqasini ekranda aytib berish imkoniyatiga qarshi turish mumkin emas edi”, deydi Fukua. 

Shuningdek, loyiha jamoasiga ssenariy muallifi Jon Logan va prodyuser Grem King ham jalb qilingan. To‘liq aktyorlar tarkibi hali tasdiqlanmagan. Ayni paytda film syujeti ustida ish olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Maykl Jekson musiqaning pop yo‘nalishi tarixidagi eng muvaffaqiyatli ijrochilardan biri hisoblanadi. U hayotligida 15 marta “Grammy” mukofotiga va yuzlab boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lib "pop qiroli" nomi bilan tanilgan. Jeksonning dunyo bo‘ylab sotilgan albomlari, qo‘shiqlari, to‘plamlari soni 1 milliard nusxani tashkil etadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing