Maykl Pompeo Toshkentga keldi
Jamiyat
−
02 fevral 2020
9712Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo bugun, 2 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ikki kun davom etadigan tashrif davomida AQSH Davlat kotibi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Maykl Pompeo va Abdulaziz Komilov 2018 yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston - AQSH sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Maykl Pompeo ertaga, 3 fevral kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo – AQSH” (“C5+1”) shaklidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.
LiveBarchasi