Mayk Taysonning 30 yil oldingi “qilmishi” fosh bo‘ldi. U ayol kishini zo‘rlashda ayblanmoqda 

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson 30 yil oldin sodir bo‘lgan zo‘rlashda ayblandi. Bu haqda “The Times ” xabar berdi.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi ayol Mayk Taysonni 1990 yillar boshida zo‘rlaganlikda ayblab, Nyu-York qonuni bo‘yicha undan 5 million dollar tovon talab qilmoqda.

Jabrlanuvchi ayolning aytishicha, u bokschi bilan Nyu-Yorkning Olbani shahridagi tungi klubida tanishgan.

“Do‘stim bilan men u va uning limuzin haydovchisi bilan birga edik. Tayson bizga ziyofat haqida gapirdi va bizdan unga qo‘shilishni so‘radi. Men uning mashinasida ekanligimda u menga shilqimlik qila boshladi, men uni rad etdim. Ammo u to‘xtamadi”, deydi ayol sudga bergan bayonotida.

Shuningdek, ayol ko‘p yillar davomida Tayson tomonidan yetkazilgan ruhiy jarohatni yengishga harakat qilganini, ammo buning uddasidan chiqa olmaganini da’vo qilgan.

Ma’lumot uchun, 1992 yilda ham Mayk zo‘rlashda ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Mayk Tayson San-Fransiskoda samolyotda yuz bergan mojaro natijasida yo‘lovchilardan birining yuziga bir necha marta zarba bergan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing