May oyi qanday ob-havo bilan o‘tishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet respublikada may oyida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

1-2 may kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 3 mayda hududning katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi 26-29 daraja, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha bo‘ladi.

3 mayda respublikaning janubi-g‘arbida, 4-5 may kunlari ko‘pchilik viloyatlarda, 6 mayda sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yomg‘ir paytida harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

May oyi birinchi o‘n kunligining oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati 23-28 darajadan 30-35 darajagacha, ba’zi joylarda 38 darajagacha o‘zgarib turadi.

Ushbu davrning ayrim kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatli mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bitta shahar ichida ham may yomg‘iri bir joyda kuchli yog‘ishi va boshqa joyda esa deyarli yog‘masligi mumkin.

Ayniqsa tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi juda xavflidir. Ular sel kabi dahshatli tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing