Mayamida otishma: qurollangan uch kishi “banket”ga bostirib keldi va mehmonlarni o‘qqa tutdi

Olam

image

Bugun, 30 may kuni erta tongda AQSHning Mayami shahrida (Florida shtati) ziyofat zalida otishma yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi va kamida 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Fox News” yozmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tajovuzkorlar oq rangdagi avtomobilda kelib, olomonga qarata o‘q uzgan. Jinoyatchilarning shaxsi hali aniqlanmagan, faqat ular uch kishi bo‘lgani ma’lum. Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir. Otishma “Country Club” savdo markazidagi ziyofat zalida sodir bo‘lgan.

“Bu o‘qotar qurol bilan qilingan zo‘ravonlik, qo‘rqoqlik va pastkashlik”, deydi Mayami politsiyasi direktori Alfredo Ramiriyes.

Bundan tashqari, kecha, 29 may kuni Mayamining Vinvud hududida noma’lum shaxslar ko‘chada odamlarga qarata o‘t ochgan. Oqibatda yetti kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing