Mavsumning mashhur mevasi: kimlarga xurmo mumkin emas? 

Salomatlik

image

Xurmo — kuz-qish mavsumidagi eng mashhur mevalardan biridir. Lekin ayrim turdagi insonlarga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bu haqda nutritsiolog Anastasiya Gavrikova ma’lumot berdi. 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, xurmo tarkibida ko‘p miqdorda tabiiy shakar va uglevodlar mavjud bo‘lib, ular organizmni uzoq vaqt to‘yintirmaydi. 

“Qandli diabet, pankreatitning o‘tkir bosqichida bo‘lganlar, shuningdek oshqozon osti bezi bilan bog‘liq muammolar va qabziyatdan aziyat chekayotganlarga xurmo tavsiya etilmaydi”, deydi u. 

Bunday kasalliklardan xoli insonlarga esa xurmo faqat foyda keltirishi aytilgan. Biroq, uni yong‘oq kabi foydali yog‘lar bilan iste’mol qilish yaxshidir. 

“Siz kuniga 200-300 grammdan ko‘p bo‘lmagan xurmo iste’mol qilishingiz mumkin”, degan shifokor. 

Bundan tashqari, xurmo ko‘p miqdorda foydali mikroelementlarni o‘z ichiga oladi: B guruhi vitaminlari, C, E vitaminlari, kaliy, fosfor, magniy, kalsiy va marganets, flavonoidlar, polifenollar. 

“Hurmo, shuningdek antioksidant xususiyatlarga, tinchlantiruvchi ta’sirga ega, u yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi va immunitetni mustahkamlaydi”, deya xulosa qilgan Gavrikova.


Maqola muallifi

Teglar

xurmo

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar