Mavsumning birinchi klasikosida “Barselona” “Real”ni ayab o‘tirmadi
Sport
−
27 Oktabr 2024 8529 1 daqiqa
27 oktyabrga o‘tar kechasi Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida Madridda azaliy raqiblar Real va Barselona o‘zaro to‘qnash keldi va bahsda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Kataloniyaliklar safida gollarga Robert Levandovski, Lamin Yamal va Rafinya mualliflik qildi.
Shunday qilib, “Barselona” “Real”ning La Ligadagi 42 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi va o‘zining rekordi takrorlanishiga yo‘l qo‘ymadi.
Ma’lumot uchun, 11 turdan keyin “Barselona”ning ochkolari soni 30 taga yetdi va qirollik klubi bilan tafovut 6 ochkogacha oshdi. “Real” esa 24 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.
Live
Barchasi