Matiz va Volkswagen ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 15 yanvar kuni Navoiyda svetoforda to‘xtab turgan Matiz'ning orqasiga Volkswagen kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, soat 02:00 lar chamasida Navoiy shahridagi I.Karimov ko‘chasida Matiz rusumli avtomashina svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtida, Volkswagen ID6 crozz pro rusumli transport vositasi avtomobilning orqa qismiga kelib urilgan.

Oqibatda Matiz'ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchilar E.U. va O.G‘. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Matiz Volkswagen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing