“Matbuotchilar uyi”ni bu safar kim qutqaradi?
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
4981Poytaxt Toshkentning Matbuotchilar ko‘chasi–32uyda joylashgan “Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo‘yildi. Bino sotilayotgani haqidagi xabar E-ijro auksion ochiq auksion portalida paydo bo‘ldi.
Matbuotchilar ko‘chasi 32-uyni 18.722 kv.m dan iborat maydoni 9.890 kv.m bo‘lgan litr 0001-7 qavatdan iborat yer to‘lali chordak qavatli ma’muriy binoning 3,4,5,6,7 qavatlari va chordoq qismi Iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yildi.
18 750 000 000.00 so‘m bilan savdoga qo‘yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya’ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.
Bundan bir yarim yil avval ham ushbu bino sotuvga qo‘yilgan edi. Keyinroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning aralashuvi bilan bino savdodan olingandi.
LiveBarchasi