Masjidlarda taroveh namozi qaysi vaqtdan boshlanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahridagi masjidlarda taroveh namozlari kechki soat 21:00 dan boshlanishi belgilangan.  Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi xabar bermoqda.

“Ramazon oyiga o‘zgacha shukuh, surur bag‘ishlaydigan, faqatgina bu oyga xos bo‘lgan ibodat taroveh namozidir. Ammo ming afsuski o‘tgan yili boshimizga kelgan og‘ir sinov sababli bir yillik jismu ruhimizga shifo va kuch-quvvat bo‘luvchi taroveh namozlarida Qur’oni karimga some’ bo‘lish baxtidan mosuvo bo‘lgandik.

Alhamdulillah, bugundan yurtimizning barcha masjidlarida taroveh namozi, Qur’on xatmlari boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri masjidlarida taroveh namozlari kechki soat 21:00 dan boshlanishi belgilangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitilishi ma’lum qilingandi.

#RamazondaHalovatBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing