Masjidga o‘g‘irlik uchun kelgan fuqarolar ushlandi

3-sahifa

Toshkent shahridagi masjidlar yonida bir guruh yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Shayxontohur tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, juma namoziga kelgan fuqarolar tomonidan "Kamolon" masjidi yonida qarovsiz qolgan avtomabillarda o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgan. Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan. To‘rt kishidan iborat ushbu jinoiy guruh bir mahallada yashagan. Jinoyatchilarning barchasi ota-ona qaramog‘idagi oila qurmagan yosh yigitlar bo‘lib, turli mavsumiy ishlar bilan shug‘ullangan. 

Mashina qulflarini qaychi yordamida buzib o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan gumondorlarning ikki nafari ilgari ham xuddi shunday jinoyat bo‘yicha sudlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular avtomobillardan o‘g‘irlangan telefon, antiradar, videoregistrator kabi buyumlarni “Malika” savdo majmuasi va Qo‘yliq bozori atrofida sotishga uringan. Shuningdek, o‘g‘rilikni sodir etishda foydalanilgan Spark avtomashinasining salonidan hamyonlar, bank plastik kartalari va boshqa o‘g‘rilangan buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi.

 “Karantinda qiynalib qoldik. Namoz o‘qilayotganda odam kam bo‘lgani uchun shu paytda bu ishni qildik. O‘g‘irlik qilishning o‘zi gunoh. Masjidda qilinsa ikki baravar gunoh bo‘lishini bilardim”, deydi gumonlanuvchilardan biri pushaymonlik bilan. 

Jinoyat yuzasidan Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi tekshirilomoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing