Masjidda qirg‘in uyushtirgan yangi zelandiyalik o‘z aybini tan oldi
Olam
−
26 mart 2020
9573Avstraliyalik Brenton Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidga hujum qilganini tan oldi. Bu haqda “New Zealand Herald” nashri yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yashar Tarrant sud majlisida masjidga qilgan hujumi oqibatida 51 musulmonni o‘ldirganini bo‘yniga olgan.
U, shuningdek, 2019 yilning 15 martida “Masjid al Nur” va Linvud Islom markaziga qilingan hujumga aloqador 40 ta ayblovlarning barchasini tan olgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 15 mart kuni Yangi Zelandiyadagai masjidlarga terror harakati amalga oshirildi. Terakt to‘rt nafar terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, deya taxmin etildi. Hujum mamlakatning Kraystcherch shahridagi masjidlarga, juma namozini o‘qib bo‘lgan musulmonlarga qilindi. Hodisa oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Masjid al Nur” va Linvud Islom markaziga qilingan hujum oqibatida esa 49 kishi yaralandi. Brenton Tarrant esa qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi