Mastlik qotillikka olib keldi
Jamiyat
−
10 avgust 2019 7694 1 daqiqa
Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikki kishi o‘rtasidagi janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yilning 8 avgust kuni Chilonzor tumanining 19-dahasida yashovchi 25 yoshli G.Z. Xirmontepa mahallasida o‘zaro janjal tufayli mast holda, Chilonzor tumani 19-dahada yashagan 40 yoshli V.S.ni yuziga qo‘llari bilan urib jarohatlagan.
Natijada V.S. shifoxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay kecha, 9 avgust kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.Z. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr