Masterland kompaniyasi Yunusobodda “Shohsaroy” majmuasi ochilish marosimini o‘tkazdi
Biznes
−
26 noyabr 2022
8518Mamlakatimizda bir necha yillardan beri keng ko‘lamli qurilish loyihalarini amalga oshirib kelayotgan Masterland qurilish kompaniyasi poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida qurib bitkazilgan “Shohsaroy” turar-joy majmuasi ochilish marosimini o‘tkazdi. Ushbu majmua kompaniyaning so‘nggi yillarda amalga oshirgan eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biridir.
“Shohsaroy” turar-joy majmuasining ochilish marosimida ko‘plab taniqli san’atkorlarning ishtirok etishi shodiyona uchun yig‘ilganlarga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova, xonanda Jahongir Poziljonov, “Marokand” vokal-cholg‘u ansambli qo‘shiqlar bilan yangi uy tushgan mahallaning “qulog‘ini ochdi”.
“Shohsaroy” majmuasi topshirilishi bilan yana bir guruh yurtdoshlarimiz zamonaviy xonadonlar sohibiga aylandi. Tadbirda bevosita ishtirok etgan uy sohiblari o‘z taassurotlari va fikrlari bilan bo‘lishdi. Hayajonini yashira olmayotgan xonadon egalari xarid qilgan uylarining qulayligi haqida so‘zlab berishdi.
“Shohsaroy” majmuasi Masterland qurilish kompaniyasi tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan navbatdagi majmua bo‘lib, u 220 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Xonadonlar asosan ikki va uch xonalik ko‘rinishda barpo etilgan bo‘lib, 35 metr kvadratdan 80 metr kvadratgacha bo‘lgan joyni egallaydi.
Turar-joy binolari o‘ziga xos tashqi ko‘rinish va dizaynga ega. Egalariga topshirilgan "Shohsaroyʼ majmuasi 11 qavatdan iborat. Majmua yopiq maydondan iborat bo‘lib, unda bolalar maydonchasi va shu bilan birgalikda yashil maydon tashkil etilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, “Shohsaroy” turar-joy kompleksini barpo etgan Masterland kompaniyasining asosiy maqsadi yurtimiz fuqarolari uchun qulay, sifatli va hamyonbop inshootlar barpo etishdir. Shu maqsad bilan kompaniya poytaxt bo‘ylab ko‘plab qurilish loyihalarini amalga oshirmoqda.
Masterland tomonidan qurilayotgan turar-joy inshootlari premium klass hamda odatiy turdagi binolarga bo‘linadi. Xonadonli bo‘lish niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklardan yana biri shuki, fuqarolar uy uchun pulni 36 oy davomida bo‘lib to‘lash imkoniyatiga egalar.
Masterland kompaniyasi o‘z faoliyati davomida turar-joy majmualaridan tashqari, bir qator maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ham qurib foydalanishga topshirgan. Ayni kunlarda esa kompaniya Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi umumiy 2 gektarli hududda 18 ta 16 qavatli turar-joy binolari qurish ustida ish olib bormoqda.
Poytaxtda munosib va hamyonbop xonadon topish juda muhim. Masterland kompaniyasi esa sizga ana shunday xonadon sohibi bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun: +998 55 504 99 99
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi