Mast organ xodimi 80 yoshli otaxonga niqob taqmagani uchun kuch ishlatgani aytilmoqda (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda mast holatda ekani aytilgan organ xodimi 80 yoshli otaxonga niqob taqmagani uchun kuch ishlatgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videolavhalarda organ xodimi otaxonning kamari va qo‘lidan tortib, kuch ishlatib olib ketmoqchi bo‘layotgani aks etgan. Atrofdagi fuqarolar ularni ajratib, voqeani tinch hal qilishga urinishgan.

Shu vaqtda organ xodimi yerda turgan aloqa vositasi (ratsiya)ni olib, unga “Shayxontohur Bog‘ ko‘chaga”, deya takrorlaganini ko‘rish mumkin. 

Shuningdek, xodim uni tasvirga olayotgan fuqaroga ham tahdid qilib, telefonini olib qo‘yishga uringanini ham ko‘rish mumkin. 

Holat yuzasidan birorta tashkilot rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

471

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing