Mast ayol o‘z uyida sherigini o‘ldirdi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
7155Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida mast holatda o‘zini haqorat qilgan insonni o‘ldirib qo‘ygan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 11 iyul kuni taxminan soat 21:00 larda Ulug‘nor tumanida yashovchi Muqaddas o‘zining uyida spirtli ichimlik ta’sirida mast holatda J.K. uni haqorat qilib, bo‘ynidan ushlab olgan vaqtida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan J.K.ga nisbatan qasddan tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra J.K.ning o‘limiga o‘tkir tig‘li jism yordamida tanasiga yetkazilgan og‘ir tan jarohati sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida 13 iyul kuni Muqaddasga nisbatan ayblov e’lon qilingan va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shundan so‘ng jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.
20 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudi dastlabki tergov tomonidan to‘plangan jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, Muqaddasni aybdor deb topib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
LiveBarchasi