Mast haydovchi sodir etgan YTH fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi
3-sahifa
−
16 dekabr 2022
7201Xorazm viloyatida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 13:00 da Qo‘shko‘pir tumanida Lacetti haydovchisi mashinasini mast holatda katta tezlikda haydab, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda u yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va yo‘lning chekkasida to‘xtab turgan Nexia'dan tushgan 35 yoshli fuqaroni urib yuborgan.
Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Avvalroq Andijon viloyatida voyaga yetmagan bola yo‘l transport hodisasini sodir etgani oqibatida 14 yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi