Maskning onasi Baydenni tanqid qildi
Olam
−
15 dekabr 2023 9726 1 daqiqa
Milliarder va tadbirkor Ilon Maskning onasi Mey Mask o‘g‘lining dunyoni yanada yaxshilashga intilayotgani, ammo AQSH Prezidenti Jo Bayden uni to‘xtatmoqchi ekani haqida yozdi. Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Men Ilon Maskning onasiman. Uning maqsadi dunyoni yanada yaxshi joyga aylantirishdir. AQSH Prezidenti esa uni to‘xtatmoqchi. Boshqa mamlakatlardagi odamlar Ilon bilan faxrlanadilar, lekin AQSH Prezidentining qilg‘iliqlaridan bexabar”, deb yozadi Mey.
Mask xonim AQSH Federal Aloqa Komissiyasi (FSS) a’zosi Brendan Karrning "Bayden milliarderni turli yo‘llar, jumladan Adliya vazirligi, AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati va Nyu-York okrugi sudi orqali kuzatishi” haqidagi so‘zlarini izohlab, "shum qariya" mamlakatning demokratik qadriyatlariga zid ish qilayotganini ta’kidlagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr