Mask O‘zbekiston paxtasi haqida hisobotni eshitib, kulib yubordi (video)

Olam

image

Kecha, 30 aprel kuni Oq uydagi hukumat yig‘ilishida AQSH Mehnat vaziri Lori Chaves-DeRemer Qo‘shma Shtatlar tashqi yordam dasturlarini bekor qilish orqali 250 mln dollar tejalganini aytdi. Ular orasida O‘zbekiston paxta sanoatini shaffoflashtirish uchun ajratilgan pullar ham bor. AQSH Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask esa buni eshitib, kulib yubordi. Ushbu jarayonni Oq uy jonli efirga uzatdi.

“Biz tashqi yordam dasturlarini bekor qilish orqali 250 million dollar tejadik… Ha, xorijiy yordamlarga ketgan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekistonning paxta sanoatidagi shaffoflik va hisobdorlikni moliyalashtirish uchun ajratilgan pullarni ham. Biz bu xorijiy (loyihalarni) moliyalashtirayotganimiz mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Hukumatdagi tejamkorlik uchun DOGE'ga rahmat. Biz nima topdik – ha aniqlangan firibgarliklar…”, dedi Mehnat vaziri.

Shunda Ilon Mask Chaves-Deremerning gapiga aralashib, bu juda kulgili ekanini aytdi.

“Ba’zi narsalar shunchalik g‘alatiki, ishonish qiyin. O‘zbekiston paxtachilari. Bu xuddi hajviy ko‘rsatuvga o‘xshaydi”, dedi Mask.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Lori Chaves-DeRemer O‘zbekiston paxta sanoatida “shaffoflikni oshirish” uchun ajratilgan millionlab dollar pul boshqa ajratilmasligini e’lon qilgandi. O‘shanda u o‘zining videonutqida AQSH oxirgi dasturlarga 38 million dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratgani va bundan hatto amerikalik soliq to‘lovchilarning xabari bo‘lmaganidan aytgan edi. Shu sababli Mehnat vaziri AQSH Prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlab, ortiq boshqa mamlakatlarning “boshi silanmasligini” bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask O'zbekiston paxtasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing