Mask Tesla aksiyalarining bir qismini sotdi

Olam

image

Tesla kompaniyasining bosh ijrochi direktori Ilon Mask Twitter kompaniyasini 44 milliard dollarga sotib olganidan bir necha kun o‘tib, elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisining 3,95 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Tesla aksiyalari qulaganidan so‘ng, tadbirkorning sof boyligi 200 milliard dollardan pastga tushgan. Mask 5 — 8 noyabr kunlari 19,5 million dollarlik aksiyasini sotgan.

"Reuters" hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi aksiyalari sotuvidan keyin Maskning Tesla'dagi ulushi taxminan 14 foizni tashkil qilgan. Milliarder nima maqsadda ulushlarini sotganini oshkor etmagan.

So‘nggi sotuvlar, tahlilchilar, Maskdan Twitter bitimini moliyalashtirish uchun Tesla'ning qo‘shimcha aksiyalarini sotishini kutgan paytga to‘g‘ri keldi.

Dunyoning eng boy odami Mask aprel oyida Tesla aksiyalarini sotganini aytgan edi. Shunga qaramay, u avgust oyida Tesla kompaniyasining yana 6,9 milliard dollarlik aksiyalarini sotishni davom ettirdi. Ushbu savdolardan tushgan daromad ijtimoiy media platformasini xarid qilish uchun to‘lovlarga ishlatilgan.

Dunyoning eng boy odami Tesla’dagi ulushlarining bir qismini sotganidan keyin va u o‘tgan yili amalga oshirgan sotuvlarni qo‘shib hisoblasa, 20 milliard dollarlik naqd pulga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, Mask Twitter'ni sotib olish uchun yana qo‘shimcha ravishda 2 milliardan 3 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishi kerak bo‘lgan.

Tesla aksiyalari bozordagi qiymatining deyarli yarmini yo‘qotdi. Joriy yilning aprel oyida Mask Twitter'ni sotib olish istagini bildirgan edi. Oshandan Tesla 70 milliard dollar yo‘qotdi. Bu esa deyarli Mask xarid qilgan Twitter'dan ikki baravar qimmatroqdir.

Mask o‘tgan oy Twitter'ni sotib olish ishini yakunladi va platformada katta islohatlar boshlashini e’lon qildi. Bular orasida xodimlarning yarmini ishdan bo‘shatish va ko‘k tekshiruv belgilari uchun haq to‘lash rejasi ham bor. Maskning aytishicha, kompaniya ishchilarining yarmi bilan xayrlashsa, kuniga 4 million yevro tejab qoladi. Shuningdek, tadbirkor Twitter'dan juda tez fursatda foyda olishni ko‘zlamoqda. Sababi Ilon Mask katta foiz evaziga 13 milliard dollar kredit olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing