Mask tarixda 200 mlrd dollar yo‘qotgan birinchi odam bo‘ldi – Bloomberg

Olam

image

Tesla kompaniyasi rahbari, tadbirkor Ilon Maskning boyligi 2021 yil oxiridan beri 200 milliard dollardan ko‘proqqa kamaydi, bu jahon tarixida inson yo‘qotgan eng katta mablag‘dir. Bu haqda "Bloomberg" agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Maskning boyligi 2021 yilning noyabrida taxminan 340 milliard dollarni tashkil etgan, biroq u asos solgan elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla aksiyalari keskin tushib ketgani, shuningdek, Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib olganidan keyin uning aktivlari 137 milliard dollarga baholanmoqda.

Bu Maskning oxirgi ikki yildagi eng past boyligi hisoblanadi.

Mask "Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra milliarderlar reytingida ikkinchi o‘rinda turadi. Reytingda LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arno oldinda turadi. Uning boyligi taxminan 162 milliard dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

697

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing