Mask kosmik tadqiqotlarning muhimligini aytdi

Olam

image

Bugun, 14 noyabr kuni Indoneziyaning Bali orolida 15-16 noyabr kunlari o‘tkaziladigan G20 sammiti oldidan ishbilarmonlik to‘g‘risida konfrensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Tesla va Twitter kompaniyalarining ijroji direktori Ilon Mask ham onlayn tarzda ishtirok etdi. Tadbirkor o‘tgan hafta hayotida eng ko‘p ishlagan kunlari bo‘lganini aytgan. Shunindek, u kosmik tadqiqotlarning muhimligi haqida ham to‘xtalgan.

“Mening jadvalimda juda ko‘p ish bor”, degan dunyoning eng boy odami.

Mask ikkita yirik kompaniyaning bosh ijrochi direktori bo‘lish bilan bir qatorda, SpaceX raketa firmasi, Neuralink miya chiplari startapi va Boring Company tunnel kompaniyasini boshqaradi. 

Mask Tesla'dagi avtomobil dizaynidan tortib, uning yetkazilish zanjiridagi asosiy muammolarni hal qilishda asosiy rolni bajaradi. Shuning uchun, kompaniya sarmoyadorlari Ilonning boshqa ishlarga chalg‘iyotganidan xavotirga tushmoqda.

Sarmoyadorlardagi bu hadikni bozor ham “his qilmoqda”. Mask Twitter'ni sotib olishi oydinlashgan aprel oyidan beri Tesla'ning aksiyalari ikki baravarga arzonlashdi. 

Maskdan Osiyodagi ko‘plab biznesmenlar “Sharqning Ilon Maski” bo‘lish niyatida ekanligi haqidagi tahlilga javoban, ular o‘zlari tasavvur qilgandek bo‘lishni xohlashlarini aytdi.

“Men sizning nima xohlayotganingiz borasida ehtiyotkor bo‘lardim. Qancha odam men bo‘lishni xohlashini bilmayman. Ular o‘zlari tasavvur qilgandek bo‘lishni xohlaydilar. Bu aslida men bo‘lish bilan bir xil emas”, degan amerikalik tadbirkor.

U Twitter kabi kontent yaratuvchi platformalarda uzunroq videolar va jonli efir uchun imkoniyat yaratishi kerakligini bildirgan. Bu ularning tirikchiligi uchun muhim. Mask Twitter'da qachondan boshlab bularni yo‘lga qo‘yishini ochiqlamagan.

Indoneziya Tesla bilan akkumulyator sarmoyasi va SpaceX uchun raketa uchirish maydonchasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. Mask bularning hech biriga alohida ishonch bildirmadi. Lekin Indoneziya elektr transport vositalarini yetkazib berish zanjirida katta rol o‘ynashi va SpaceX uchun butun dunyo bo‘ylab bir nechta uchish nuqtalariga ega bo‘lishi uzoq muddatli va mantiqiy ekanini qayd etdi

Mask iqtisod barqaror energiyaga o‘tishga ishonishini qo‘shimcha qildi. Ammo bu qancha muddat amalga oshishi mumkinligini savol ostiga qo‘ygan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biz koinotning tabiatini va undagi o‘rnimizni tushunishimiz uchun kosmik tadqiqotlar ustuvor bo‘lib qolishi kerak.

“Balki biz begona sivilizatsiyani topamiz yoki millionlab yillar oldin mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalarni kashf etarmiz. Biz qadimiy sivilizatsiyalarning xarobalarini ko‘ramiz. Menimcha, bu nihoyatda qiziqarli bo‘lar edi”, degan Ilon Mask.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing