Mask Isroilni qo‘llayotgan kompaniyalarga qarshi “termoyadroviy” da’vo qo‘zg‘atdi
Olam
−
18 noyabr 2023
10109Joriy yilning 20 noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘i o‘z egasining “antisemistik” bayonotlari bilan bog‘liq janjal fonida unga qarshi chiqqan barcha tashkilotlar ustidan sudga murojaat qiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi, milliarder Ilon Mask ma’lum qildi.
“Dushanba kuni sud jarayoni ochiladi. X Corp. ommaviy axborot vositalariga va kompaniyamizga qilingan ushbu firibgarlik hujumiga aloqador barchaga qarshi termoyadroviy da’vo qo‘zg‘atmoqda", deb yozdi Mask o‘zining X’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Amerikaning Walt Disney animatsion korporatsiyasi, Warner Bros. Discovery, Lionsgate, Paramount va Sony Pictures kompaniyalari X ijtimoiy tarmog‘idagi reklama kampaniyalarini uning egasi Ilon Maskning platformada chop etilgan antisemistik postni qo‘llab-quvvatlagani sababli to‘xtatgan. IBM va Apple transmilliy texnologiya kompaniyalari ham xuddi shunday qarorga kelgan.
Gap shundaki, avvalroq Mask foydalanuvchilardan birining posti ostida qoldirgan izohi uchun tanqid qilingan, ko‘pchilik buni antisemitizm ritorikasining ko‘rinishi deb hisoblagan. Bu mashmashalar hatto Oq uygacha yetib borgan.
Kecha, 17 noyabr kuni tanqidlar ostida qolgan Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ida genotsidni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlashga jur’at etgan har qanday foydalanuvchi bloklanishini yozgan.
“The Washington Post”ning xabar qilishicha, Amerika inson huquqlari tashkilotlari Maskni ilgari antisemitizm bayonotlari uchun bloklangan turli foydalanuvchilarni “amnistiya qilish” orqali ijtimoiy tarmoqqa nisbatan nafrat uyg‘otayotganlikda ayblagan.
LiveBarchasi