Mask Falastinda aloqani tiklamoqchi

Olam

image

Falastin milliy ma’muriyati (FMM) Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

FMM aloqa vaziri Ishoq Sadrning so‘zlariga ko‘ra, Starlink Falastin bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan. 

“Biz allaqachon Starlink bilan bog‘landik, xalqaro va gumanitar tashkilotlar bilan ushbu uskunani joriy etish bo‘yicha ishlayapmiz. Shuningdek, bir qator qurilmalarni sotib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Starlink bizga ijobiy javob qaytardi”, deydi vazir.

Ma’lumot uchun, Starlink amerikalik milliarder Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasiga tegishli loyihadir. Undan ko‘zlangan maqsad Yerning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi Internetga kirishni ta’minlaydigan minglab sun’iy yo‘ldoshlardan iborat global tarmoqni yaratishdir.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo Isroilning yirik zarbalaridan keyin aloqa va internet bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keldi. Sektordagi asosiy internet provayderi NetStream o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatdi. Oqibatda G‘azoda kechadan beri internet uzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin SpaceX Ilon Mask Starlink aloqa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing