Mask endi universitet ochmoqchi

Olam

image

Ilon Mask Texasning Ostin shahrida universitet ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda milliarderga tegishli soliq hujjatlariga asoslanib "Bloomberg" xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Mask 100 million dollarga yaqin sarmoya kiritgan o‘quv majmuasi dastlab tabiiy fanlar, muhandislik va matematikaga ixtisoslashgan maktab bo‘ladi. Keyinchalik “yuqori darajadagi ta’limga bag‘ishlangan universitet” tashkil etiladi. Unda tajribali professor-o‘qituvchilar ishlaydi va an’anaviy o‘quv dasturi simulyatsiyalar, amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish/dizayn loyihalari va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan amaliyot bilan uyg‘unlashtiriladi.

Maktab va universitetning taxminiy ochilish sanasi ma’lum qilinmagan, biroq majmuani ochish uchun ariza o‘tgan yilning oktyabrida berilgan va 2023 yilning martida tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Maskning Tesla shtab-kvartirasi ham Ostinda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp bepul universitet ochib, Garvarddan pul undirmoqchi ekani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing