Mask Apple mahsulotiga raqobatchi hushtakni ishlab chiqardi
Texnologiya
−
01 dekabr 2021
7879Amerikalik milliarder Ilon Mask Tesla’ning yangi mahsuloti – “kiber hushtak”ni taqdim etdi. Bu mahsulot Apple’ning abraziv matosiga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.
“Tesla’da hushtak chaling”, deb yozgan tadbirkor o‘zining Twitter sahifasida va mahsulotga havolani ilova qilgan.
Oktyabr oyida Apple o‘z mahsulotlari uchun abraziv mato ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi. Mato Apple qurilmalarini artish uchun mo‘ljallangan va sotuvdagi narxi 19 AQSH dollari etib belgilangan. Ilon Mask o‘z mahsulotini Apple'niki bilan taqqoslagan holda: “Apple’ni artish uchun mato sotib olmang, bizning undan yaxshiroq hushtagimizni xarid qiling”, deya izoh qoldirgan.
Tesla sahifasida “kiber hushtak” “yaltiroq zanglamaydigan po‘latdan yasalgan premium kolleksiya” sifatida tariflangan. Mahsulot Cybertruck konseptual elektromobil ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. Shuningdek, “kiber hushtak” narxi 50 dollar etib belgilandi.
Avvalroq, Ilon Mask Tesla brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni boshlashi va u “Tesla Phone” deb nomlanishi haqida xabar bergan edik.
Barno Dusiyarova
LiveBarchasi