Mask ham Twitter'ni sudga berdi 

Olam

image

Amerikalik milliarder, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask o‘zini sudga bergan Twitter ijtimoiy tarmog‘iga qarshi da’vo bilan chiqdi. Bu haqda CNBC xabar bergan.

Qayd etilishicha, Mask noma’lum sababga ko‘ra suddan qarshi da’vo tafsilotlarini sir saqlashni so‘ragan. Twitter iyul oyining boshida Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga bergandi.

Maskning Twitter bilan kelishuvi

Joriy yilning 25 aprel kuni Mask va Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni milliarderga 44 milliard dollarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Biroq may oyi o‘rtalarida biznesmen Twitter foydalanuvchilari orasida soxta akkauntlar mavjudligi haqidagi vaziyatga oydinlik kiritmagunicha, kelishuvda boshqa harakat bo‘lmasligini aytdi. 

8 iyul kuni Mask Twitter'ni shartnoma shartlarini buzganligi sababli sotib olish bo‘yicha kelishuvdan chiqayotgani haqida xabardor qildi. Keyin Twitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlash uchun milliarderni sudga berdi.

Delaver kanseriya sudi Twitter'ning Maskga qarshi da’vosi bo‘yicha sud jarayoni boshlanishini 17 oktyabrga belgiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing