Mashhur operachi Yanika Bagryanskaya vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 7 sentyabr kuni mashhur opera xonandasi, Alisher Navoiy nomidagi savlat akademik katta teatri solisti Yanika Bagryanskaya Turkiya klinikalaridan birida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Bosh konsulxona marhumaning yaqinlari va oilasiga chuqur ta’ziya bildirib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda marhumaning yaqinlariga zaruriy konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yanika Bagryanskaya 1996 yil Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. U yigirma yildan ortiq vaqt davomida teatrning yetakchi metsso-soprano xonandalaridan biri bo‘lib kelgan. U “Romansiada” xalqaro romansi tanlovining  II darajali mukofoti sovrindori, xalqaro festivallarda faol ishtirok etgan hamda o‘zining yuqori professional mahorati, sahna ijodkorligi va san’atga munosabati bilan xalq ichida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq baxshisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Shoberdi baxshi Boltayev 81 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yanika Bagryanskaya opera xonandasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar