Mashinasini O‘zbekiston bayrog‘i rangiga bo‘yaganlar jazolandimi?

Jamiyat

image

Bugun, 31 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta avtomobil O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bo‘yalgani aks etgan fototasvirlar tarqaldi. Buning uchun ushbu avtomobil egalari jarimaga tortilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi. 

Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahrida Spark hamda Lacetti rusumli avtomobillar haydovchilari transport vositasining kuzov qismini Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir necha xil ranglarga bo‘yab shahar hududida harakatlangan.

Mazkur haydovchilar YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, ularga qoidalar bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

“Xodimlar haydovchilarni mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabriklab oq yo‘l tilagan. Haydovchilar ogohlantirilib, ularga nisbatan hech qanday jarima belgilanmagan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing