Mashinasini “magnitofon”siz chiqarayotgan “UzAuto Motors” Rossiyaga Tracker va Onix sotmoqchi
Olam
−
22 yanvar 2022
16524O‘zbekistonning “UzAuto Motors” kompaniyasi Rossiya bozoriga Chevrolet Tracker krossoveri va Onix sedanini yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya mahalliy nashrlari ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, Rossiyada Tracker ixcham krossoverining debyuti 2022 yilning dekabrida yoki 2023 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadi. Onix yetkazib berilishi esa 2023 yilning yoz oylariga rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker krossoverining sotuvi 2022 yilning sentyabrida, Onix sedaniki esa 2023 yil martidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, o‘lchamlari bo‘yicha Hyundai Creta’ga o‘xshash Chevrolet Tracker krossoveri Xitoyda 2019 yildan beri sotilmoqda va narxi 119 ming yuandan (203,3 mln so‘m) boshlanadi. Onix’ning jahon bozoridagi sotuvi xuddi shu yili boshlangan. Braziliyada Onix eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lgan. Braziliyada Onix’ning narxi 68,3 ming realdan (12,6 dollar) iborat.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillarini vaqtincha magnitolasiz yetkazib berishini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari kompaniya ma’lum vaqt avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarishini ham aytgan edi. Bunga Humax kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatgan.
LiveBarchasi