Mashinasida “gashish” saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Farg‘onada “gashish” giyohvandlik moddasini avtomashina salonida saqlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni Qo‘shtepa tumanida Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Tadbir davomida fuqaro A.A.ga tegishli Nexia 3 rusumli avtomobilining magnitofoni tagida “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Giyohvand modda daliliy ashyo tariqasida boshqarma xodimlar tomonidan olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining ushbu moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq, Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil etganlar ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing